Hisobni o‘chirish
Bu sahifada Ofsayd hisobingizni va unga bog‘liq ma’lumotlarni o‘chirishingiz mumkin. Ilova o‘rnatilmagan bo‘lsa ham ishlaydi.
Ilovada
Profil → pastdagi «Hisobni o‘chirish»
Nima o‘chadi
- ism, profil surati, e-pochta va telefon raqami;
- Google va Telegram bilan kirish va barcha sessiyalar — hisobga endi kira olmaysiz;
- sevimlilar, eslatmalar va bildirishnomalar;
- Derbi klubingiz nomi va gerbi — klub «O‘chirilgan klub» bo‘ladi, ligangiz boshqa a’zoga o‘tadi;
- chat xabarlari va izohlaringiz matni — o‘rnida «O‘chirilgan» yoziladi.
Nima qoladi
- Derbi’dagi o‘tgan duel natijalari va ochkolar — kimligingiz ko‘rinmasdan, raqiblaringizning jadvali buzilmasligi uchun;
- ilova statistikasi — qurilmaga bog‘langan, ismingizga emas;
- xavfsizlik jurnali — 90 kun; server jurnallari va zaxira nusxalar — 30 kungacha.
Qachon
- Hisob darhol o‘chadi va unga kira olmaysiz.
- 30 kundan keyin qolgan yozuvlar butunlay tozalanadi.
- Qayta tiklab bo‘lmaydi. O‘sha Google yoki Telegram bilan qayta kirsangiz, yangi bo‘sh hisob ochiladi.
SportX bilan umumiy hisob
Ofsayd va SportX bitta hisobdan foydalanadi. Hisob o‘chirilsa, ikkala ilovada ham o‘chadi.
Shu yerda o‘chirish
Avval hisobingizni tasdiqlang: ilovaga qaysi usul bilan kirgan bo‘lsangiz, o‘sha bilan kiring.
Ilovaga kira olmaysizmi?
So‘rov qoldiring. Hisobni topib, 7 kun ichida o‘chiramiz. Kerak bo‘lsa, siz yozgan manzil orqali bog‘lanamiz.