Ofsayd maxfiylik siyosati
Bu sahifa Ofsayd Android ilovasi (Google Play, uz.ofsayd.app) va ofsayd.net sayti qanday ma’lumot yig‘ishini, nima uchun ishlatishini, qancha saqlashini va uni qanday o‘chirishingiz mumkinligini tushuntiradi.
1. Kim mas’ul
Ofsayd ilovasini Ofsayd jamoasi ishlab chiqadi va ma’lumotlarni qayta ishlaydi. Savol va so‘rovlar uchun: ilovadagi «Fikr bildirish» bo‘limi yoki saytdagi so‘rov formasi.
Ofsayd va SportX (sportxuz.com) — bitta egaga tegishli ikki ilova. Ular bitta server va bitta hisoblar bazasidan foydalanadi: Ofsayd’da ochilgan hisob bilan SportX’ga ham kirish mumkin, Ofsayd’dan o‘chirilgan hisob SportX’da ham o‘chadi.
2. Qanday ma’lumot yig‘amiz
- Kirish (ixtiyoriy). Ilova kirmasdan ham ishlaydi, Derbi uchun kirish kerak. Google bilan kirsangiz: ismingiz, e-pochtangiz, profil suratingiz va Google hisob raqami. Telegram bilan kirsangiz: Telegram ID raqamingiz, ismingiz va profil suratingiz. Parolingizni ko‘rmaymiz.
- Profil: siz tanlagan ism va surat, til, sevimli jamoa va jangchilar, bildirishnoma sozlamalari.
- Qurilma: qurilma raqami (ANDROID_ID dan olingan, orqaga qaytarib bo‘lmaydigan xesh), telefon modeli, Android versiyasi, ilova versiyasi, til, ilova o‘rnatilgan vaqt va bildirishnoma tokeni (Firebase Cloud Messaging).
- Foydalanish statistikasi: ilova qachon va qancha vaqt ochilgani, qaysi bo‘limlar ko‘rilgani — ilovani yaxshilash uchun.
- Derbi: klub va liga nomlari (ularni siz yozasiz, boshqa o‘yinchilar ko‘radi), tarkibingiz, duel natijalari va ochkolar, siz yuborgan shikoyatlar va bloklagan klublaringiz.
- Fikr-mulohaza: siz yozgan matn va, xohlasangiz, javob uchun e-pochta yoki telefon raqami.
- Qidiruv so‘rovlari — qidiruvni yaxshilash uchun, hisobingizga bog‘lanmagan holda.
- Xato hisobotlari: ilova yiqilsa yoki qotib qolsa — qurilma modeli, Android versiyasi va xato joyi (Sentry). Ularda ismingiz va e-pochtangiz bo‘lmaydi.
- Server jurnallari: IP manzil, so‘rov vaqti va manzili — xavfsizlik va nosozliklarni topish uchun.
Yig‘ilmaydi: joylashuv, kontaktlar, fayl va rasmlaringiz (siz o‘zingiz tanlagan profil suratidan tashqari), SMS, mikrofon, reklama identifikatori, to‘lov ma’lumotlari.
3. Nima uchun ishlatamiz
- hisobingizga kirish va uni himoyalash;
- sevimlilar va sozlamalarni saqlash va qurilmalar o‘rtasida ko‘chirish;
- o‘yin va yangilik bildirishnomalarini yuborish — faqat siz yoqqan bo‘lsangiz;
- Derbi o‘yinini yuritish: duellar, ligalar, jadval;
- qoidabuzarlikni topish va moderatsiya;
- xatolarni tuzatish va ilovani yaxshilash;
- fikr-mulohazangizga javob berish.
Ma’lumotlaringizni sotmaymiz va reklama uchun ishlatmaymiz. Ilovada reklama yo‘q.
4. Kimga beriladi
Ma’lumotlar faqat xizmatni ishlatishga yordam beradigan kompaniyalarda, bizning nomimizdan qayta ishlanadi:
- Google — Google bilan kirish va bildirishnomalarni yetkazish (Firebase Cloud Messaging);
- Telegram — Telegram bilan kirish;
- Sentry — xato hisobotlari;
- Cloudflare — sayt va ilova so‘rovlarini himoyalash va tezlashtirish (IP manzil shu orqali o‘tadi);
- server xosting provayderi — ma’lumotlar bazasi va fayllar.
Derbi’dagi klub va liga nomingiz, gerbingiz va natijalaringiz boshqa Derbi o‘yinchilariga ko‘rinadi. Qonun talab qilsa (sud yoki vakolatli organ so‘rovi), ma’lumot berilishi mumkin.
5. Derbi va moderatsiya
Klub va liga nomlari avtomatik filtrdan o‘tadi va moderator tomonidan tekshiriladi. Shikoyatlar 24 soat ichida ko‘rib chiqiladi. Qoidani buzgan nom yashiriladi yoki almashtiriladi. Qoidalar — foydalanish shartlari.
6. Qancha saqlaymiz
- Hisob ma’lumotlari — hisobni o‘chirguningizcha.
- O‘chirilgan hisob — ism, surat, e-pochta va telefon darhol tozalanadi, qolgan yozuvlar 30 kundan keyin butunlay o‘chiriladi.
- Kirmasdan foydalanilgan qurilma ma’lumotlari va statistika — qurilma raqamiga bog‘langan, ismingizga emas.
- Xavfsizlik jurnali (xodimlar amallari) — 90 kun.
- Server jurnallari va zaxira nusxalar — 30 kungacha.
- Xato hisobotlari (Sentry) — 90 kungacha.
7. Hisobni o‘chirish
Ilovada: Profil → pastdagi «Hisobni o‘chirish». Ilovasiz: hisobni o‘chirish sahifasi.
Darhol: hisobga kira olmaysiz, barcha sessiyalar yopiladi, ism, surat, e-pochta va telefon tozalanadi. 30 kundan keyin qolgan yozuvlar butunlay o‘chiriladi. Qayta tiklab bo‘lmaydi: o‘sha Google yoki Telegram bilan qayta kirsangiz, yangi bo‘sh hisob ochiladi.
Qoladi: Derbi’dagi o‘tgan duel natijalari va ochkolar — «O‘chirilgan klub» nomi bilan, kimligingiz ko‘rinmasdan (raqiblaringizning jadvali buzilmasligi uchun).
Hisob SportX bilan umumiy bo‘lgani uchun SportX’dagi hisob ham o‘chadi.
8. Xavfsizlik
Ilova, sayt va server o‘rtasidagi barcha ma’lumot shifrlangan holda (HTTPS) uzatiladi. Kirish tokeni telefonda faqat ilovaning o‘ziga ochiq xotirada saqlanadi.
9. Bolalar
Ofsayd 18 yoshdan katta foydalanuvchilar uchun. Bolalardan ataylab ma’lumot yig‘maymiz; bunday hisob haqida bilsak, uni o‘chiramiz.
10. Huquqlaringiz
Ma’lumotlaringiz nusxasini olish, ularni tuzatish yoki o‘chirish uchun ilovadagi «Fikr bildirish» bo‘limi yoki saytdagi so‘rov formasi orqali yozing. Bildirishnomalarni ilova sozlamalarida istalgan payt o‘chirishingiz mumkin.
11. O‘zgarishlar
Siyosat o‘zgarsa, shu sahifada yangi sana bilan e’lon qilamiz.