Foydalanish shartlari

Yangilangan sana:

Ofsayd ilovasi va ofsayd.net saytidan foydalanib, siz shu shartlarga rozilik bildirasiz. Derbi’da klub ochishdan oldin ham shu shartlar qabul qilinadi.

1. Xizmat

Ofsayd — futbol natijalari, statistika, yangiliklar va Derbi o‘yini. Natija va statistika ochiq manbalardan olinadi, shuning uchun kechikishi yoki xato bo‘lishi mumkin. Yangiliklarda asl manba ko‘rsatiladi.

2. Hisob

Ilovadan kirmasdan ham foydalanish mumkin; Derbi uchun Google yoki Telegram bilan kirish kerak. Xizmat 18 yoshdan katta foydalanuvchilar uchun. Hisobingizni boshqalarga bermang.

3. Derbi — pulsiz o‘yin

Derbi — do‘stlar bilan bepul fantasy o‘yini. Unda pul, to‘lov, sovrin va tikish yo‘q. Ochkolar faqat o‘yin ichidagi natija, ular hech narsaga almashtirilmaydi.

4. Nom qoidalari

Klub va liga nomini siz yozasiz va uni boshqa o‘yinchilar ko‘radi. Quyidagilar taqiqlanadi:

  • haqorat, so‘kinish va odobsiz so‘zlar;
  • millat, din, jins, kelib chiqish, nogironlik yoki boshqa belgi bo‘yicha kamsitish;
  • zo‘ravonlik, nafrat yoki terrorizmga chaqiruv;
  • reklama: havola, telefon raqami, kanal, bukmeker yoki kazino nomi;
  • boshqa odam yoki tashkilot nomidan o‘zini ko‘rsatish;
  • boshqa odamning shaxsiy ma’lumotlari.

5. Shikoyat va bloklash

Har qanday klub yoki liga nomi ustidan ilovaning o‘zida shikoyat qilishingiz va klubni bloklashingiz mumkin. Shikoyat moderatorga boradi.

6. Moderatsiya

Nomlar avtomatik filtrdan o‘tadi va moderator tomonidan tekshiriladi. Shikoyatlar 24 soat ichida ko‘rib chiqiladi. Qoidani buzgan nom yashiriladi yoki almashtiriladi. Qoidabuzarlik takrorlansa, Derbi yoki ilovadan foydalanish cheklanadi.

7. Huquqlar

Ofsayd Premier League, futbol klublari yoki FlashScore bilan bog‘liq emas va ular tomonidan qo‘llab-quvvatlanmaydi. Klub nomlari, logotiplari va savdo belgilari ularning egalariga tegishli. Huquq egasi bo‘lsangiz va biror material olib tashlanishini istasangiz, ilovadagi «Fikr bildirish» bo‘limi yoki saytdagi so‘rov formasi orqali yozing.

8. Javobgarlik

Xizmat «boricha» beriladi. Natija, statistika va bashoratlarda xato bo‘lishi mumkin; ular asosida qilingan qarorlar uchun javob bermaymiz.

9. Hisobni o‘chirish va maxfiylik

Hisobni istalgan payt o‘chirishingiz mumkin: ilovada Profil → pastdagi «Hisobni o‘chirish» yoki hisobni o‘chirish sahifasi. Ma’lumotlar haqida — maxfiylik siyosati.

10. O‘zgarishlar va aloqa

Shartlar o‘zgarsa, shu sahifada yangi sana bilan e’lon qilamiz. Savollar uchun: ilovadagi «Fikr bildirish» bo‘limi yoki saytdagi so‘rov formasi.